NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Biz haqimizda

Nukus innovatsion instituti

Nukus innovatsion instituti Qoraqalpog’iston Respublikasida birinchilardan bo’lib faoliyat boshlagan nodavlat oliy ta’lim muassasasidir.

Institut 2022-yil noyabr oyidan boshlab litsenziya asosida ish boshlagan.

Hozirgi kunga kelib 3000 ga yaqin talabaga 60 ga yaqin professor–o’qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. 

Institut oliy ta’lim muassasasi sifatida litsenziyaga ega bo‘lgan va dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ta’lim jarayoniga xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb qilingan tarzda o‘tiladi. Oliygoh oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishini yaratib, innovatsion ta’lim asosida zamonaviy bilimga ega yuqori malakali, professional lider kadrlar tayyorlash va ularni jamiyatga implementatsiya qilishni maqsad qilgan. Institutda ta’lim jarayonlari eng qulay sharoitlarda, zamonaviy metodlar asosida kunduzgi va sirtqi shakllarda olib boriladi. 

Institut yosh avlodga g’amxo’rlik qilish, sog’lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish kabi o’zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan kelib chiqib, shu bilan birga ilg’or ta’lim texnoligiyalariga asoslangan yuqori sifatli pedagogik kadrlar tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. nstitut mehnat jamoasi zamon bilan hamnafas boʼlib, mamlakatimizning taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar va oʼzgarishlarning barcha talablarga oʼz vaqtida va toʼlaqonli javob berishga harakat qilmoqda.

Institutda o’quv jarayoni «Ta’lim to’g’risida» gi qonun, ta’lim yo’nalishlariga muvofiq «Davlat ta’lim standarti» va «Malaka talablari» asosida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda oʼquv jarayonini yuqori sifatini taʼminlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun maʼruza zallari, oʼquv xonalari eng zamonaviy axborot bazaviy texnologiyalari, multimediya proektorlari, video va audio tizimlari, masofaviy oʼqitish bilan taʼminlangan. Oʼquv jarayoni institutda oʼqitiladigan barcha fanlar boʼyicha elektron oʼquv va uslubiy materiallarni oʼz ichiga qamrab olgan elektron va kredit modulli oʼquv tizimidan foydalangan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya Internet texnologiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Yaratilgan shart-sharoitlar oʼquv jarayoni jahon taʼlim standartlariga javob beradigan yuqori darajada olib borishga imkoniyat bermoqda. Institutda o‘quv jarayoni o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tilida olib boriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish